Jahon

Italiyada Falastinni qo'llab-quvvatlash uchun umumiy ish tashlash boshlandi

Rim, Milan va boshqa shaharlarda namoyishlar o‘tkazilmoqda.

Italiyada Falastinni qo'llab-quvvatlash uchun umumiy ish tashlash boshlandi

Italiyada Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy ish tashlash boshlandi. ANSA axborot agentligining xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab poyezdlar va shaharlararo qatnovlarda bekor qilinish va kechikishlar kuzatilmoqda. Ish tashlash Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilib, Sumud flotiliyasi missiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Missiya ishtirokchilari Isroil hukumati tomonidan G‘azo sektori dengiz blokadasini buzishga uringanlikda ayblanib hibsga olingandi.

 

Norozilikka port ishchilari ham qo‘shilib, xususan Livorno portiga kirish yo‘llari to‘sib qo‘yilgan, yuk mashinalarining uzun navbatlari yuzaga kelgan. Rim, Milan, Neapol va Turin shaharlarida Falastin bayroqlari ostida mitinglar davom etmoqda. Shu bilan birga, Boloniya va Turinda namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, vandalizm holatlari qayd etildi. Turinda esa norozilar Yevropa texnologiyalar haftaligi o‘tkaziladigan maydonga bostirib kirib, jihozlarga zarar yetkazgan.

 

Hukumat ish tashlashni noqonuniy deb e’lon qilgan va qatnashchilarga nisbatan jazo choralarini ko‘rib chiqmoqda. Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni ish tashlashni “dam olish kunlarini uzaytirish istagi” sifatida baholadi. Muxolifat esa hukumatni “falastinliklarga qarshi jinoyatchi rejim”ni qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi.

 

Isroil tomonidan hibsga olingan italiyalik faollar orasida 40 nafar fuqaro borligi ma’lum qilindi. Italiya Tashqi ishlar vazirligi ular deportatsiya qilinishidan avval yaxshi sharoitda saqlanayotganini bildirdi. Shuningdek, hibsga olinganlar orasidagi to‘rt nafar parlament a’zosi, jumladan, Yevropa parlamenti deputatlari ozod etilib Rimga qaytgan.

 

Huquq-tartibot kuchlari mamlakat bo‘ylab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olish uchun shay holatga keltirilgan.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"