O'zbekiston

Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi

Ularda bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan.

Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank kredit tashkilotlari faoliyatidagi ularning xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan choralarni koʻrib bormoqda.

 

Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish yoʻnalishida qonunchilik talablariga rioya etilayotganligi yuzasidan TBC bank, Davr bank va Hamkorbankda oʻrganish oʻtkazilganda, ushbu banklar tomonidan qator qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi.

 

Markaziy bank tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklar xususiyati, miqyosi, davomiyligi va boshqa holatlar inobatga olingan holda TBC bankka nisbatan 615,0 mln soʻm, Davr bankka nisbatan 931,0 mln soʻm va Hamkorbankka nisbatan 955,0 mln soʻm miqdorida jarima sanksiyasi qoʻllanildi. Shuningdek, aniqlangan holatlarni bartaraf etish, isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash va ularning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan banklarga aniq koʻrsatmalar berdi.

 

TBC bank tomonidan kreditni qaytarish jadvalida koʻrsatilgan toʻlovlardan koʻp kelib tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda qarzdorlikni soʻndirishga yoʻnaltirilmaganligi natijasida qarz oluvchilarga ortiqcha hisoblangan 2,5 mlrd soʻm foizlar hamda kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud qarorlari chiqarilgandan soʻng qonunga zid ravishda hisoblangan 1,7 mlrd soʻm foizlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

 

Davr bank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha ortiqcha hisoblangan 1,7 mlrd soʻm foizlar, qonunchilikka zid ravishda kredit summasidan ushlab qolingan 1,9 mlrd soʻm mablagʻlar va garov mulkini taqiqqa qoʻyish uchun undirilgan 461,6 mln soʻm toʻlovlar isteʼmolchilarga qaytarib berildi.

 

Hamkorbankka esa qonunchilikka zid ravishda kredit ajratishda undirilgan 19,2 mlrd soʻm toʻlovlar hamda garov mulkini taqiqqa qoʻyish va taqiqdan chiqarish uchun undirilgan 1,5 mlrd soʻm toʻlovlar, shuningdek kredit shartnomalariga nazarda tutilmagan boʻlsa-da, lekin qarz oluvchilardan undirilgan 54,9 mln soʻm komissiyalarni isteʼmolchilarga qaytarib berishni taʼminlash yuzasidan vazifalar yuklatildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi | Zamon.uz