Jahon

Marokashda ham Z-avlod namoyishlari boshlandi

Ichki ishlar vazirligi 409 kishini hibsga olgan, 193 nafariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Marokashda ham Z-avlod namoyishlari boshlandi

 

Marokashda yoshlar korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Sentyabr oyining oxirida GenZ 212 yoshlar harakati tomonidan uyushtirilgan namoyishlar mamlakatning bir qancha yirik shaharlarida — jumladan Rabat, Kasablanka, Marrakech va Agadirda bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar korrupsiya, 2030-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik xarajatlari hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida islohotlar talab qilmoqda.

 

Namoyishlarning boshidan boshlab hibsga olishlar qayd etilgan. Kasablankada avtomagistral to‘silganidan keyin 21 kishi, Berkanda 50 ga yaqin, Rabotda esa 100 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan. Shuningdek, ba’zi shaharlar keskinlashgan, namoyishchilar, xavfsizlik kuchlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan, shahar mulki zarar ko‘rgan.

 

GenZ 212 harakati 1990-yillarning oxiri va 2010-yillarning boshida tug‘ilgan avlodni ifodalaydi. Harakat vakillari zo‘ravonlik qilmaslik tarafdori ekanligini bildirgan bo‘lsa-da, namoyishlarda yuz bergan voqealardan afsusda ekanligini ma’lum qilgan.

 

Marokash Ichki ishlar vazirligi ruxsatsiz norozilik namoyishlari sababli qat’iy choralar ko‘rilganini bildirgan. Hibsga olinganlar soni 409 nafarni tashkil etib, ulardan 193 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 263 huquq-tartibot xodimi va 23 nafar tinch aholi vakillari jarohatlangan.

 

Hukumat jahon chempionati xarajatlarini ijtimoiy xarajatlardan ustuvor deb biladi va namoyishchilar talablarini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Bu mitinglar “Zomer isyonlari” global tendentsiyasining bir qismi bo‘lib, yoshlar boshqa davlatlarda ham korrupsiyaga qarshi chora ko‘rishni talab qilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Marokashda ham Z-avlod namoyishlari boshlandi | Zamon.uz