O'zbekiston

O‘rmon xo‘jaliklariga 1,3 mln dollarlik yangi texnikalar tarqatildi

Ular 16 xil vazifani bajarish imkoniyatiga ega.

O‘rmon xo‘jaliklariga 1,3 mln dollarlik yangi texnikalar tarqatildi

“O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, mamlakatimizda yangi o‘rmonlarni barpo etish va mavjudlarini qayta tiklash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Jahon banki mablag‘lari hisobidan Belarusda ishlab chiqarilgan 39 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi olib kelindi.

 

Bugun Toshkent shahrida Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon agentligi tomonidan ushbu texnikalarni hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklariga topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, agentlik vakillari, hududiy mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

 

Kirish so‘zida Agentlik direktori Erkin Muhiddinov o‘rmonlarning ekologik barqarorlikni taʼminlashdagi o‘rniga to‘xtalib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar xodimlardan yana-da katta masʼuliyat talab etishini taʼkidladi.

 

Shuningdek, taqdim etilgan texnikalar o‘rmon va adir sharoitlariga moslashgan bo‘lib, ular 16 xil vazifani bajarish imkoniyatiga ega. Endilikda mazkur maxsus texnikalar yordamida respublika hududlarida yashillik darajasi oshiriladi, o‘rmon maydonlari kengaytiriladi va “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil davom ettiriladi. Bu esa ekologik barqarorlikni taʼminlash imkoniyatlarini yana-da kengaytiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘rmon xo‘jaliklariga 1,3 mln dollarlik yangi texnikalar tarqatildi | Zamon.uz