O'zbekiston

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari 7 mln so‘mdan sotuvga chiqarildi

Onlayn xarid jarayoni hudud va raqam formatini tanlash orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari 7 mln so‘mdan sotuvga chiqarildi



Joriy yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Safe Road mobil ilovasi orqali davlat avtomobil raqamlarini sotib olish imkoniga ega bo‘ldi. Endi ilgari auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1–3-toifa raqamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali xarid qilinadi.

 

  • Jismoniy shaxslar uchun: 7 mln so‘m (BHMning 17 baravari)
  • Yuridik shaxslar uchun: 10,3 mln so‘m (BHMning 25 baravari)

 

Xizmat jarayoni sodda: foydalanuvchi avvalo tanlagan raqamni belgilaydi, hudud va raqam formatini tanlaydi, so‘ngra onlayn to‘lovni amalga oshiradi. Ilovada avtomobil turi va boshqa parametrlar bo‘yicha qidiruv imkoniyati mavjud.

 

Hozirda xizmat test rejimida ishlamoqda, shuning uchun ko‘p foydalanuvchi oqimi sababli qisqa muddatli nosozliklar kuzatilishi mumkin.

 

2026-yil 1-yanvardan boshlab foydalanuvchilar istalgan harf va raqam kombinatsiyasini tanlab, tegishli to‘lovni amalga oshirish orqali avtomobil raqamini xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Safe Road ilovasi shuningdek avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, texnik ko‘rik, sug‘urta muddati va boshqa xizmatlar bo‘yicha ma’lumot beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari 7 mln so‘mdan sotuvga chiqarildi | Zamon.uz