O'zbekiston

Toshkentda Afg‘oniston parlamentining sobiq deputati qo‘lga olindi

Abbos Ibrohimzoda 350 ming dollar garov puli qo‘yganiga qaramay hibsda qolmoqda.

Toshkentda Afg‘oniston parlamentining sobiq deputati qo‘lga olindi

Afg‘oniston parlamentining sobiq spikeri o‘rinbosari va yirik tadbirkor Abbos Ibrohimzoda Toshkentda qo‘lga olindi. Bu haqda Amu nashri xabar berdi.

 

Balx viloyatidan saylangan sobiq deputat biznesdagi raqiblarining ko‘plab shikoyatlari ortidan hibsga olingani bildirilmoqda. U 350 ming dollardan ortiq garov puli qo‘yganiga qaramay, hanuz hibsda qolmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Ibrohimzoda asos solgan Ibrohimzada Group yigirmadan ortiq kompaniyani birlashtirgan, Balxdagi xususiy telekanalni nazorat qilgan, shuningdek, ta’lim va xayriya sohalariga ham sarmoya kiritgan. Guruhning xayriya jamg‘armasi ayollar savodxonligini oshirish bilan shug‘ullangan.

 

O‘zbekiston rasmiylari hozircha mazkur qo‘lga olish yuzasidan izoh bermagan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘tgan yili tadbirkorlarga ko‘maklashish maqsadida qo‘shma vakolatxona ochgan bo‘lib, bu transport, logistika, savdo va sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"