O'zbekiston

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol ishlayotgan uyida o‘lik holda topildi

Avvalroq Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol ishlayotgan uyida o‘lik holda topildi

Turkiyada ishlayotgan 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yashab turgan xonadonda vafot etgan holda topildi. Ma’lum qilinishicha, u keksa er-xotinga qarovchi sifatida ishlagan va voqea ularning uyida sodir bo‘lgan.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayolning jasadi bog‘ hududida aniqlangan. Tez yordam xodimlari voqea joyiga yetib kelganida uning hayot belgilarisiz ekanini tasdiqlashgan. Shuningdek, voqea joyida politsiya va prokuratura xodimlari ham ish olib borgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Marhumaning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazish uchun Anqaraga yuborildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. O‘sha voqea bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs O‘zbekistonda qo‘lga olingan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol ishlayotgan uyida o‘lik holda topildi | Zamon.uz