O'zbekiston

4 ta hududda amaldorlar pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

4 ta hududda amaldorlar pora bilan qo‘lga tushdi

Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida korrupsion holatlar aniqlandi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Namangan viloyat hakamlik sudi sudyasi Chust tumanida yashovchi shaxsga mazkur tumanning “Mustaqillik” MFYdagi 6 sotix yer maydonida joylashgan, qurilishi tugallanmagan bahsli noturar binoga egalik huquqini beruvchi hal qiluv qarorini chiqarib berish evaziga 3200 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hakamlik sudi sudyasi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

O‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Farg‘ona viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi O‘zbekiston tumanidagi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalikning naslchilik toifasiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirib berganligi evaziga mazkur xo‘jalikning ish boshqaruvchisidan 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

 

Dastlabki surishtiruv tadbirlari davomida bosh mutaxassis ushbu pul mablag‘ini viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga berishi kerakligi maʼlum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirilgan va mazkur mansabdor shaxs 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda, Pastdarg‘om tumanida buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari 2 nafar fuqaroni ishonchiga kirib, ularni o‘zi buxgalteriya ishini olib borayotgan korxonalarning go‘yoki ishchi xodimi bo‘lganliklari haqida soxta maʼlumotlar kiritish orqali ish stajlarini ko‘paytirib, har biriga 2,5 mln so‘mdan pensiya tayinlanishini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Pastdarg‘om tuman bo‘limi xodimi bilan hal qilib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 2000 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari kelishilgan puldan 1900 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasining 2 nafar bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda, qurilish firmasi tomonidan Bo‘zsuv kanali hududiga to‘kilgan chiqindi tuproqlar uchun 60 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va kelgusida rahnamolik qilish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 30 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

4 ta hududda amaldorlar pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz