O'zbekiston

Navoiyda kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Ularning faoliyati 104 milliard so‘mlik noqonuniy operatsiyalarni o‘z ichiga olgan.

Navoiyda kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar guruhi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1990–1999-yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh aniqlangan. Ular “1payment” va “P2P Trade” nomlari ostida noqonuniy kriptovalyuta almashinuvini tashkil etib, umumiy qiymati 104 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirishgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida jinoyatchilar kriptovalyuta bitimlarini yashirish maqsadida turli shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalaridan foydalangani ma’lum bo‘ldi.

 

Ularning yashash manzillaridan 68 ta bank kartasi, 12 ta mobil telefon, 8 ta SIM-karta va 2 ta kompyuter daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchilarning faoliyati boshqa noqonuniy moliyaviy sxemalar bilan bog‘liqligini ham tekshirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi | Zamon.uz