O'zbekiston

O‘zbekiston ilk bor “The Amazing Race Australia” shousida namoyish etildi

8-sentabr kuni efirga uzatilgan “The Amazing Race Australia”ning yangi mavsumining muhim qismlaridan biri ilk bor O‘zbekistonda, xususan Samarqand shahrida suratga olingan.

O‘zbekiston ilk bor “The Amazing Race Australia” shousida namoyish etildi

Joriy yilning sentabr oyida Avstraliyaning Network 10 telekanali hamda 10 Play striming platformasida mashhur sayyohlik shousi — “The Amazing Race Australia”ning yangi mavsumi efirga uzatildi. Premyera 8-sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavsumning muhim qismlaridan biri ilk bor O‘zbekistonda, xususan Samarqand shahrida suratga olingan.

 

Loyihaning O‘zbekistonda o‘tkazilgan epizodlari mahalliy madaniyat, hunarmandchilik va an’anaviy hayot tarzini o‘zida aks ettirdi. Ishtirokchilar “Andijon polkasi”ni ijro etish, karnay chalish, gilam yuvish, quruq mevalarni saralash, anor sharbati tayyorlash, shuningdek, Urgut tumanidagi “Tersak” turizm qishlog‘ida kartoshka ekish kabi topshiriqlarni bajarishdi. Bu O‘zbekistonning ushbu xalqaro shou tarixidagi ilk ishtiroki bo‘ldi.

 

Premyera haftasida loyiha Avstraliya va butun dunyo bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qildi. “The Amazing Race” brendi 15 marotaba Primetime Emmy mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lib, 2025-yilda ham “Eng yaxshi realiti-musobaqa dasturi” nominatsiyasida qayd etildi.

 

O‘zbekistonda suratga olingan epizodlarda “Below Deck” yulduzi Aisha Skott, uning kallig‘i Skott Dobson, regbi afsonasi Brendan Fevola qizi Leni bilan, shuningdek, Red Bullning friraneri Dom Di Tommasso va bloger Marks Marsters, qo‘shiqchi Rob Mills, oshpazlik tanqidchisi Melissa Leong kabi mashhur ishtirokchilar qatnashdi.

 

Ishtirokchilar O‘zbekistondagi suratga olish jarayonini iliq taassurotlar bilan eslashdi. Komediya aktrisasi Steph Tisdell mamlakatni “noyob tajriba” deb atab, “O‘zbekiston — aql bovar qilmaydigan go‘zallik va mehmondo‘stlik yurti” ekanini ta’kidladi. Boshqa qatnashchilar ham Samarqanddagi qulay sharoitlar va aholining samimiyligini yuqori baholadi.

 

Suratga olish ishlari 2025-yil 18–25-mart kunlari O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida o‘tkazilgan. Loyiha tashkiliy jihatdan AQShning Next Field International telekompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

 

“Shou muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘zbekistonning ishtiroki mamlakatni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Ko‘plab xorijiy prodyuserlar endilikda O‘zbekistonda suratga olishga qiziqish bildirmoqda”, — dedi Next Field International bosh direktori Stanislav Solovkin.

 

Mavsumda, shuningdek, Shri-Lanka, Tayvan va Indoneziya davlatlarida ham suratga olingan epizodlar mavjud.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston ilk bor “The Amazing Race Australia” shousida namoyish etildi | Zamon.uz