O'zbekiston

Rossiya - Ukraina urushida qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi

U har oy o‘rtacha 150-200 ming rubl miqdorda oylik maosh olib kelgan.

Rossiya - Ukraina urushida qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining ochik sud majlisida JK 154-moddasining 1-qismi, bilan ayblangan K.R.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

 

DXX Namangan viloyati boshqarmasi tezkor bo‘limi tomonidan O‘zbekistonning davlat xavfsizligini va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilinishini taʼminlash hamda O‘zbekiston fuqarolari orasidan moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biror-bir shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollangan shaxslarni, jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan kompleks tadbirlar davomida quyidagilar aniqlangan.

 

Unga ko‘ra, Telegram messenjeridagi Ukraina davlatiga qarashli "Xochu jit" nomli kanalda “RF-Ukraina” o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etgan 1100 nafar o‘zbekistonlik shaxslar ro‘yhati eʼlon qilingan. Mazkur ro‘yhatning 392-qayd raqamida 1970 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi tug‘ilgan K.R. ekanligi aniqlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, K.R. 2023 yilning iyun oyilarida Qirg‘iziston orqali Rossiyaga mavsumiy ishlash maqsadida borgan. U RFda biroz muddat ishlaganidan so‘ng, RF federal migratsiya xizmati idorasiga patent olish uchun borganida, unga FMX xodimlari patent berilmasligini, biroq, “RF-Ukraina” o‘rtasidagi urushda ishtirok etish uchun shartnoma imzolasa, unga RF fuqaroligi berilishini hamda RF hududida ishlashi mumkinligini aytishgan.

 

Shundan so‘ng, K.R. 2023 yil iyun oyida RF Mudofaa Vazirligi bilan “RF-Ukraina” o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish maqsadida o‘z hoxishiga ko‘ra bir yillik shartnoma imzolagan va u RF Qurolli Kuchlari safida "mashinist mexanik" bo‘lib shartli “Ded” “pozivnoy”i ostida xizmat qilgan. K.R. RF Qurolli Kuchlari safida Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotganligi uchun 700 ming rubl miqdorida bir martalik mukofot puli va har oy o‘rtacha 150-200 ming rubl (25-30 mln so‘m) miqdorda oylik maosh olib kelgan.

 

K.R. Ukraina bilan chegaradagi Belgorod shahridagi RF QKga qarashli harbiy qismda urush maqsadlarida foydalaniladigan harbiy transport vositalarini texnik taʼmirlash ishlari bilan shug‘ullangan.

 

2024 yilning may oylarida K.R. sog‘lig‘idagi jiddiy o‘zgarishlar tufayli xizmatdan ozod etilgan va 2024 yilning iyun oyi oxirlarida O‘zbekistonga qaytib kelgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi K.R. JKning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan JKning 154-moddasi 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Rossiya - Ukraina urushida qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi | Zamon.uz