Jahon

Dunyo bo‘ylab Falastin tarafdorlarining namoyishi avj oldi

Xususan, Barselonada 300 ming kishi Falastinni himoya qilib chiqdi.

Dunyo bo‘ylab Falastin tarafdorlarining namoyishi avj oldi

G‘azodagi urush va Isroil tajovuziga qarshi turli mamlakatlarda ommaviy chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

 

Xususan, Seulda minglab odamlar Isroilning harbiy harakatlariga qarshi chiqishdi. Rimda 250 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etgan marshda hukumatdan Isroil bilan savdo aloqalarini uzish talab qilindi.


Ispaniya poytaxti Barselonada 300 ming kishi shahar tarixidagi eng yirik Falastin tarafdorlari chiqishlaridan birini o‘tkazdi.


Kanadada minglab odamlar G‘azodagi qirg‘inchiliklarga qarshi chiqishdi. Marokashda o‘n minglab fuqarolar “Sumud” global flotiliyasini qo‘llab-quvvatlab, G‘azo aholisi uchun adolat talab qilishdi.

 

Istanbulda Ayya-Sofiyadan Eminyonyu maydonigacha bo‘lgan yurishda minglab odamlar Falastin bilan birdamlik bildirdi.

 

BMTda bir qator davlatlar G‘azoda kechayotgan voqealarni qatʼiy qoraladi va zudlik bilan otashkesim o‘rnatishga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi ichida yagona pozitsiya shakllanmagan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlar Isroilga harbiy yordamni cheklash masalasini ko‘tarmoqda.


AQSH esa anʼanaviy ravishda Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun dunyo jamoatchiligidan qattiq tanqidga uchramoqda. Turkiya, Janubiy Afrika, Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlar Falastin xalqini ochiq-oydin himoya qilib chiqdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dunyo bo‘ylab Falastin tarafdorlarining namoyishi avj oldi | Zamon.uz