Endi Hokim va vazir bo‘lishni istaganlar korrupsiyaga qarshi dastur ishlab chiqadi
Parlamentda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda rahbarlik lavozimiga nomzodlar korrupsiyaga qarshi harakatlar rejasini taqdim etishi shart bo‘ladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Loyihaga muvofiq, hokim yoki Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar endilikda o‘z faoliyat dasturi bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq harakatlar rejasini ham taqdim etishi lozim bo‘ladi.
Deputatlar fikricha, mazkur talab rahbarlikka da’vogar shaxslarning javobgarligini oshiradi, ularning faoliyatida ochiqlik va halollik tamoyillarini kuchaytiradi. Shu bilan birga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.







