O'zbekiston

Prezident marhum Ismoil Jo‘rabekov oilasiga hamdardlik bildirdi

Davlat rahbari bugun taʼziyali xonadonga tashrif buyurdi.

Prezident marhum Ismoil Jo‘rabekov oilasiga hamdardlik bildirdi

Atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov joriy yil 28 sentyabr kuni vafot etgan edi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun taʼziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qurʼon tilovat qilinib, duo o‘qildi.

 

Davlatimiz rahbari marhumning ezgu ishlarini, Vatanimizga xizmatlarini yodga oldi.

 

Ismoil Jo‘rabekov 1931 yil 12 sentyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida suv xo‘jaligi sohasida masʼul lavozimlarda mehnat qilib, respublikamizda irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. 1985 yilda O‘zbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

Mustaqillik yillarida I.Jo‘rabekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Davlat suv nazorati boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib bordi.

 

So‘nggi yillarda I.Jo‘rabekov moʻtabar yoshda bo‘lishiga qaramasdan, suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qilib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.

 

Davlat va jamoat arbobining xalqimiz va Vatanimiz oldidagi xizmatlari munosib baholanib, u “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni hamda davlatimizning bir qator yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

 

Davlatimiz rahbari marhumning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Ular Prezidentimizga tashrifi va dalda so‘zlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident marhum Ismoil Jo‘rabekov oilasiga hamdardlik bildirdi | Zamon.uz