O'zbekiston

O‘FA 340 ming dollar jarimaga tortildi

Bu O‘zbekiston – Qatar uchrashuvida qoidalar buzilgani bilan bog‘liq.

O‘FA 340 ming dollar jarimaga tortildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini 340 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

 

Maʼlumotga ko‘ra, jarima 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida 10 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvida qoidalar buzilgani bilan bog‘liq.

 

O‘yindan keyin O‘FA OFK ruxsatisiz yopilish marosimini tashkil etgan. Marosim chog‘ida futbolchilarga mukofot sifatida taqdim etilgan BYD avtomobillari maydonga olib chiqilgan. OFK bu holatni marketing huquqlarini buzish va “ambush-marketing” holati sifatida baholagan.

 

Shuningdek, O‘FA rasmiy tadbirlar — matbuot anjumanlari va intervyular tashkil etishda OFK talablariga to‘liq rioya etmagani uchun ham javobgarlikka tortilib, jarimaga uchradi.

 

Maʼlumot uchun, mezbon mamlakatlar stadion ichida va atrofida faqat tashkilot homiylarining brendlaridan foydalanishi shart. Bu talabni buzgan jamoalar moliyaviy jazoga tortiladi.

 

Bundan tashqari, O‘FA “Mirabror Usmonov xotirasi kubogi-2025” xalqaro turnirini (22–28 iyul) tashkil etishda ham qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Assotsiatsiya musobaqani avtorizatsiya qilish uchun kech so‘rov yuborgani uchun qo‘shimcha ravishda 1500 dollar jarimaga tortildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘FA 340 ming dollar jarimaga tortildi | Zamon.uz