O'zbekiston

O‘zbekistonda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Chirchiq shahrida siam egizaklar tug‘ilgandan 9 soat o‘tib muvaffaqiyatli ajratildi.

O‘zbekistonda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Toshkent viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq shahridagi filiali shifokorlari tomonidan noyob tibbiy amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi.

 

Homiladorlikning 33–34-haftasida kesarcha yo‘l bilan muddatidan oldin dunyoga kelgan siam egizaklar tug‘ruqdan 9 soat o‘tib, mahalliy sharoitda o‘ta murakkab, yuqori texnologik operatsiya orqali ajratib olindi.

 

Besh soat davom etgan jarrohlik amaliyoti Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal jarrohlik markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi tajribali mutaxassislar guruhi tomonidan o‘tkazildi.

 

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayorov bugun shifokorlar jamoasi va egizaklar holidan shaxsan xabar oldi.

— Bunday murakkab operatsiyalar dunyoning barcha davlatlarida ham amalga oshirilavermaydi, — dedi vazir. — Mamlakatimiz tibbiyotining vilo­yat darajasida ham shunday noyob amaliyotni muvaffaqiyatli bajarishga erishgani — yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimi yangi bosqichga chiqqanining yaqqol isbotidir.

 

Operatsiyada ishtirok etgan bir guruh mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Sog‘ligi barqarorlashgan egizak chaqaloqlar va ularning onasiga bugun shifoxonadan uyiga ruxsat berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi | Zamon.uz