O'zbekiston

Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvand moddalar olib kirgan transchegaraviy jinoiy guruh qo‘lga olindi

Guruh rahbari — 28 yoshli ayol Dang‘arada 4 kg afyun bilan ushlangan.

Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvand moddalar olib kirgan transchegaraviy jinoiy guruh qo‘lga olindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvandlik vositalarini olib kirish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh faoliyatini 28 yoshli ayol muvofiqlashtirib kelgan. U Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida, 36 va 51 yoshli sheriklari bilan birga omborxonadan yirik miqdordagi afyun (opiy)ni olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Tekshiruv jarayonida Qo‘qon–Toshkent avtomobil yo‘li bo‘yidagi dalaga ko‘milgan to‘rtta polietilen paketda jami 4 kilogramm opiy moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.

 

Shuningdek, tergov davomida qo‘lga olingan ayol ilgari ham narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) hamda 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida qonunga xilof tayyorlash, saqlash va tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ayni paytda jinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari davom ettirilmoqda.

custom img

Toshkentda 5 oylik chaqaloq vaksinadan so‘ng operatsiya qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, bola emlanganidan so‘ng oyog‘i yiringlab ketgan.

custom img

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Favqulodda vaziyatlar vaziri FVV inspektorini tadbirkordan pora olmagani uchun pul mukofoti bilan taqdirladi.

custom img

O‘zbekistonning barcha hududlarida gaz uchun bazaviy me’yor muddati uzaytirildi

Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkin.

custom img

Aholini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Tadbir doirasida 30 milliondan ortiq fuqaro onlayn tarzda mustaqil ro‘yxatdan o‘tgan.

custom img

819 mln so‘mlik oltinni Qirg‘izistonga olib chiqmoqchi bo‘lgan ona-bola qo‘lga olindi

Qonunbuzarlar jami 473 gramm bo‘lgan oltin quymalarini kiyimlari orasiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

custom img

Samarqandda hokimlar delegatsiyani “oilaviy safar”ga aylantirgani aniqlandi

Hokimni xotini, oʻgli, haydovchisi va boshqa umuman aloqasi boʻlmagan shaxslar xorijiy xizmat safariga yuborilgan.

custom img

Erondagi oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilinadi

Asosiy yig‘ilish joyi Serahs shahri bo‘lib, diplomatik missiya xodimlari fuqarolarni kutib olib, xavfsiz tashishni ta’minlaydi.

custom img

Toshkentda narkolabiratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Qidiruv davomida 49,9 kg sintetik narkotiklar va 48 litr prekursorlar topildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tojikiston va Qirg‘izistondan giyohvand moddalar olib kirgan transchegaraviy jinoiy guruh qo‘lga olindi