O'zbekiston

Urganch davlat tibbiyot instituti tashkil etilmoqda

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilingan.

Urganch davlat tibbiyot instituti tashkil etilmoqda

“Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi etib qayta nomlandi.

 

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

— uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

 

— talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

 

— ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;

 

— tibbiyot taʼlimi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish.

 

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"