Jahon

Erdo‘g‘an G‘azo bo‘yicha kelishuv uchun Trampga rahmat aytdi

U Trampning siyosiy jasorati va diplomatik faolligini alohida eʼtirof etgan.

Erdo‘g‘an G‘azo bo‘yicha kelishuv uchun Trampga rahmat aytdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil va HAMAS o‘rtasida erishilgan so‘nggi G‘azo sulh kelishuvidan mamnunligini bildirib, bu jarayonda muhim rol o‘ynagan AQSH Prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

 

Erdo‘g‘anning aytishicha, Trampning siyosiy jasorati, qatʼiy pozitsiyasi va diplomatik faolligi tinchlik muzokaralarini muvaffaqiyatli yakunlashga xizmat qilgan. 

 

“Tramp janoblariga Isroil va Falastin o‘rtasidagi tarixiy murosa yo‘lida ko‘rsatgan saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu kelishuv nafaqat G‘azo aholisi, balki butun Yaqin Sharq mintaqasi uchun umid eshigini ochdi”, — dedi Erdo‘g‘an Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

 

Turkiya rahbari, shuningdek, Sharm el-Sheyxda o‘tgan muzokaralar orqali erishilgan kelishuvni “diplomatiya g‘alabasi” deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara kelishuv shartlarining to‘liq bajarilishini kuzatib boradi, zarur holatlarda xalqaro maydonda kuzatuvchi va vositachi sifatida qatnashishga tayyor.

 

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyaning Falastin xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirishini bildirdi. Unga ko‘ra, sulh o‘rnatilishi nafaqat qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish, balki mintaqada uzoq muddatli tinchlik va ishonchni tiklash uchun yangi imkoniyatdir.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erdo‘g‘an G‘azo bo‘yicha kelishuv uchun Trampga rahmat aytdi | Zamon.uz