O'zbekiston

“InnoWeek”: taʼlim, fan va biznes oʻrtasidagi muloqot

Toshkentda innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi boshlandi.

“InnoWeek”: taʼlim, fan va biznes oʻrtasidagi muloqot

Bugun, 9-oktyabr kuni Toshkentda InnoWeek-2025 innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligiga start berildi. Bu haqida tadbirda ishtirok etayotgan Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, bu yil haftalikda yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, venchur fondlar, moliya tashkilotlari, xalqaro maʼlumotlar bazalarining vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Jumladan, Xitoy, Malayziya, Singapur, Yaponiya, Koreya, Vengriya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Hindiston, Eron, Quvayt, Belarus, Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi dunyoning 30 ga yaqin davlatlaridan jami 230 nafardan ortiq vakillar va elchilar ishtirok etmoqdalar.

 

15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda tashkil etilgan koʻrgazmada innovatsion loyiha va ishlanma namoyish etilmoqda. Eʼtiborga molik jihati shundaki, ushbu yirik tadbirda Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Germaniya, Vengriya va Qozogʻiston kabi davlatlarning innovatsion kompaniyalari va texnologik markazlari ham oʻz ilgʻor mahsulot va texnologiyalarini taqdim etadilar.

 

Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi bilim va koʻnikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro tajriba almashish imkoniyatini beruvchi 30 ga yaqin ilmiy-amaliy tadbirlar oʻtkaziladi. Xususan, haftalik davomida 18 ta  xalqaro darajadagi forum, konferensiya va seminarlar, 11 ta mahalliy miqyosdagi mutaxassislar uchrashuvi va taqdimotlar, B2B uchrashuvlari, muzokaralar hamda “DemoDay” oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar innovatsion ekotizim vakillari, olimlar, yosh tadqiqotchilar, startapchilar va sohaga qiziquvchilar uchun dolzarb mavzularni muhokama qilish, eng soʻnggi ilmiy yangiliklar bilan tanishish hamda xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqotda boʻlish uchun imkoniyat yaratadi.

 

Haftalik davomida shuningdek, Ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha ishlanmalar tanlovining respublika bosqichi, “Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida” tanlovi hamda “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

 

Shuningdek, xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ilk marotaba “Innowomenweek-2025” – ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi oʻtkazilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“InnoWeek”: taʼlim, fan va biznes oʻrtasidagi muloqot | Zamon.uz