O'zbekiston

Italiyada yangi qonun loyihasi parlamentga taqdim etildi

Unga ko‘ra, jamoat joylarida burqa kiyish taqiqlanadi.

Italiyada yangi qonun loyihasi parlamentga taqdim etildi

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni yetakchiligidagi “Italiya birodarlari” partiyasi “islomiy va madaniy ajralish” deb atalgan holatlarga qarshi kurashish maqsadida yangi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi.

 

Reuters va Financial Times xabariga ko‘ra, qonun loyihasida bir necha muhim cheklovlar belgilangan. Unga ko‘ra, burqa va niqob kabi yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni jamoat joylarida, maktablarda, universitetlarda, savdo markazlarida hamda davlat idoralarida kiyish mutlaqo taqiqlanadi. Mazkur qoidani buzganlarga 300 yevrodan 3 000 yevrogacha jarima solinadi.

 

Yangi tartibda masjidlar va musulmon tashkilotlari barcha moliyaviy manbalarini ochiqlashi majburiy bo‘ladi. Agar chetdan kelayotgan mablag‘lar “Italiya qadriyatlariga tahdid soluvchi” deb topilsa, ular taqiqlanishi yoki muzlatilishi mumkin.

 

Shuningdek, qonun loyihasida majburiy nikohlar, diniy bosim o‘tkazish kabi amaliyotlarga qarshi qatʼiy jazo choralari kiritilgan. Hujjat mualliflari bu tashabbusni “Italiya jamiyatini himoya qilish va diniy radikallashuvning oldini olish” deb izohlamoqda.

 

Ammo inson huquqlari tashkilotlari va musulmon jamoalari buni diniy erkinlikka tajovuz deb baholamoqda. Ularning fikricha, bunday cheklovlar Italiya Konstitutsiyasida kafolatlangan vijdon va eʼtiqod erkinligi prinsiplariga zid.

 

Hozircha qonun loyihasi parlament muhokamasiga kiritilgan, ammo hukumat koalitsiyasi uni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Meloni hukumati bu orqali “milliy qadriyatlarni himoya qilish va madaniy integratsiyani mustahkamlash”ni maqsad qilganini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Italiyada yangi qonun loyihasi parlamentga taqdim etildi | Zamon.uz