O'zbekiston

O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulotlar savdosiga nisbatan jarimalar oshiriladi

Endilikda “Iste’molchi shikoyati” onlayn tizimi orqali xaridorlar sifatsiz mahsulotlar haqida shikoyat yuborishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulotlar savdosiga nisbatan jarimalar oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Raqobat qo‘mitasining yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotish uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi taklifi ma’qullandi. Mazkur tashabbus iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash va sifatsiz mahsulotlar savdosiga chek qo‘yishga qaratilgan.

 

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga ko‘ra, hozirda jismoniy shaxslar uchun jarima miqdori 3–10 baravar (1,23–4,2 mln so‘m), mansabdor shaxslar uchun esa 7–10 baravar (2,88–4,2 mln so‘m) miqdorda belgilanib kelinmoqda. Yangi o‘zgartirishlarga muvofiq, eng yuqori jarima 30 baravar — ya’ni 12,36 million so‘mgacha oshiriladi.

 

Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Iste’molchi shikoyati” nomli onlayn tizim joriy etiladi. Ushbu tizim orqali xaridorlar yaroqsiz yoki sifatsiz mahsulotlar bo‘yicha murojaat yuborishi mumkin bo‘ladi. Shikoyatlar barcha bosqichlarda kuzatilib, Soliq qo‘mitasining shaxsiy kabinet tizimi bilan integratsiya qilinadi.

 

Murojaat dastlab tadbirkorning o‘zi tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar muammo hal etilmasa, ish Raqobat qo‘mitasi yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi. 10 kun ichida chora ko‘rilmagan taqdirda, masala sud yoki tegishli davlat organi ko‘rib chiqishiga o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, oziq-ovqat va sanoat etil spirtini ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish vakolatlari Raqobat qo‘mitasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish inspeksiyasiga o‘tkaziladi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.