O'zbekiston

O‘zbekistonda pullik yo‘llardan foydalanish narxlari ma’lum qilindi

Pullik yo‘llar tirbandlikni kamaytirish, vaqtni tejash va haydovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan.

O‘zbekistonda pullik yo‘llardan foydalanish narxlari ma’lum qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakillari tomonidan mamlakatda pullik avtomobil yo‘llaridan foydalanish narxlari yuzasidan dastlabki ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Qo‘mitaning bosh yuridik maslahatchisi Xasan Umarovning ma’lum qilishicha, hozircha olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, 200 kilometr masofani pullik yo‘lda bosib o‘tish taxminan 100 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Bu miqdor odatiy yo‘llarda tezlikni oshirish uchun belgilangan jarimaning qariyb yarmiga teng.

 

“Pullik yo‘llar fuqarolarga vaqtni tejash, xavfsiz va qulay harakatlanish imkonini beradi. Bu nafaqat haydovchilar uchun qulaylik, balki umumiy foydalanishdagi yo‘llardagi transport oqimini kamaytirish orqali tirbandliklarni bartaraf etishga ham xizmat qiladi,” — dedi Umarov.

 

Shuningdek, investorlarga tasdiqlangan metodologiya doirasida tariflarni mustaqil belgilash huquqi berilishi rejalashtirilmoqda. Bu tizim tabaqalashtirilgan bo‘lib, to‘lovlar yo‘lning umumiy uzunligiga yoki har bir kilometr uchun alohida hisoblanishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda pullik yo‘llardan foydalanish narxlari ma’lum qilindi | Zamon.uz