O'zbekiston

Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida giyohvandlik aylanishiga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi

Bo‘stonliqda 5 aka-ukaning xonadonidan 14 gramm marixuana, 1 tup kanabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegishli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoqchasi (dubinka), 2 dona sovuq qurol chiqdi. Ular 2003 yilda tug‘ilgan 2 nafar farzandlarini ham o‘zlarining qabih ishlariga jalb qilishgan.

Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida giyohvandlik aylanishiga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi 5 nafar aka-ukalarning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, ular tomonidan yashirib qo‘yilgan jami 9 kg 14 gr marixuana, 1 tup kanabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegishli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoqchasi (dubinka), 2 dona sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

 

Ta’kidlash lozimki, ushbu fuqarolar muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lsalar-da, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

 

Eng achinarlisi, ular 2003-yilda tug‘ilgan 2 nafar farzandlarini ham o‘zlarining qabih ishlariga jalb qilishgan.

 

Shuningdek, ularning sherigi hisoblangan, 1970-yilda tug‘ilgan shaxsning yashash manzili ham ko‘zdan kechirilganda xona­don omborxonasi va oshxonasida jami 7 dona qog‘oz bo‘lagiga solingan quruq holatdagi kanabis va chekish uchun mo‘ljallangan moslama borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelin­gan giyohvandlik vositasining aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Jumladan, Yunusobod tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning salon qismida sof og‘irligi 967 gr bo‘lgan “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoyiy sherigi hisoblangan, 1985-yilda tug‘ilgan fuqarodan ham 1 kg 992 gr “gashish” moddasi olindi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hamda Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ichki ishlar hamda bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanidagi xona­donlardan biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, unda 1956-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli 6880 dona “Zardex” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Kelgusida Toshkent shahrida sotilishi rejalashtirilgan ushbu dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan bo‘lib, umumiy qiymati 412 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida giyohvandlik aylanishiga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi | Zamon.uz