O'zbekiston

O‘zbekistonda yirik narkotarmoq fosh etildi

Ular 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda yirik narkotarmoq fosh etildi

Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar natijasida 2017 yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan, 4 ming nafar faol obunachisi bo‘lgan “Deadpool” nomli Markaziy Osiyodagi yirik Telegram narkodo‘konning yirik tarqatuvchilari qo‘lga olindi.

 

Jumladan, 2025 yil 31 avgust kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasida Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga “Deadpool” narkodo‘kon kuratori “Warren Buffett” topshirig‘iga asosan Qirg‘izistondagi narkodo‘kon ishchisi ombor mudiri tomonidan uloqtirilgan 2 bo‘lakda ko‘k rangli skotchlarga o‘ralgan 602 gramm “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qabul qilib olayotganida qo‘lga olingan.

 

Surishtiruv davomida ushbu shaxs 2023 yildan buyon narkodo‘kon ishchisi ekanligi, yiliga o‘rtacha 20 kg yoki 100 ming doza, so‘nggi 3 yilda jami 50 kg  yoki 250 ming doza sintetik narkotiklar tarqatganligini maʼlum qilgan.

 

Bundan tashqari, 2025 yil 10 sentyabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida o‘tkazilgan “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirida 2 nafar fuqarolar “Deadpool” narkodo‘kon kuratori “Warren Buffett” topshirig‘iga asosan Rossiyadagi narkodo‘kon ishchisi ombor mudiri tomonidan berib yuborilgan, muqaddam Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona postida aniqlangan akkumulyator ichiga xufiyona yashirilgan 20 dona qora izolentaga o‘ralgan 492,2 gramm “klefedron” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olayotganlarida qo‘lga olindi.

 

Surishtiruv jarayonida ushbu 2 nafar shaxs 6 oydan buyon narkodo‘kon ishchisi ekanliklari, har biri oyiga o‘rtacha 0,5 kg yoki 2,5 ming doza, 6 oyda esa 2,5 kg yoki 12,5 ming doza sintetik narkotiklar tarqatganliklarini maʼlum qilishgan. 

 

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yirik tarqatuvchi shaxslarning har birida kamida 10 nafardan ortiq “zakladchiklari”, yaʼni mayda tarqatuvchilari bo‘lib, ular tomonidan tarqatish va ko‘mish nuqtalari sifatida Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Toshkent viloyatining Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi istirohat bog‘lari va taʼlim muassasalari atroflari tanlab olingan.

 

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yirik narkotarmoq fosh etildi | Zamon.uz