Singapurda 52 gramm geroin saqlagan erkak qatl etildi
Huquq faollari bu jazoni keskin tanqid qilishmoqda.

Singapurda 38 yoshli Malaziya fuqarosi Pannir Selvam Prantaman geroin saqlashda ayblanib o‘lim jazosiga hukm qilindi.
U 2014 yilda 52 gramm geroin bilan qo‘lga tushgan, bu esa Singapur qonunlariga ko‘ra o‘lim jazosiga olib keladigan miqdor sanaladi.
Huquq faollari bu jazoni keskin tanqid qildi. Ularga ko‘ra, Prantaman narkokuryer bo‘lgan va u modda miqdori yoki tabiati haqida to‘liq maʼlumotga ega bo‘lmagan.
Maʼlumot uchun, bunaqa holatlar Singapurda ko‘p uchramoqda: faqat shu yilning o‘zida 12 nafar shaxs narkotik jinoyatlari uchun qatl etilgan.
Amnesty International mamlakatni o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirdi.







