Jahon

Trampning yuragi “14 yoshga yoshroq” — shifokorlar xulosasi

AQSh prezidenti muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tdi — shifokorlar uning sog‘lig‘ini “a’lo darajada” deb baholadi.

Trampning yuragi “14 yoshga yoshroq” — shifokorlar xulosasi

AQSh prezidenti Donald Tramp Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markazida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, davlat rahbarining umumiy sog‘lig‘i “a’lo darajada”, yurak faoliyati esa o‘z yoshiga nisbatan “taxminan 14 yoshga yoshroq” holatda ekan.

 

Tramp Bethesda shahridagi kasalxonada o‘tkazilgan uch soatlik tekshiruv davomida yillik profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, gripp va COVID-19 ga qarshi emlashlarni ham olgan. Uning shifokori, AQSh dengiz floti kapitanı Shon Barbabellaning qayd etishicha, tahlillar prezidentning yurak-qon tomir, o‘pka, asab tizimi va jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada ekanini ko‘rsatgan.

 

Tibbiy tekshiruv keng qamrovli laboratoriya tahlillari, zamonaviy diagnostika usullari hamda profilaktik baholash jarayonlarini o‘z ichiga olgan. Barbabella tekshiruv Trampning yaqinlashayotgan xalqaro safarlari oldidan sog‘lig‘ini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilganini ma’lum qildi.

 

Avvalroq, Tramp sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli mish-mishlarni rad etib, o‘zining jismoniy holati “yaxshi va barqaror” ekanini ta’kidlagan edi. Shuningdek, shifokorlar ilgari unda surunkali venoz yetishmovchilik aniqlanganini bildirgan bo‘lsalar-da, bu holat prezident faoliyatiga ta’sir qilmayotgani qayd etilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Trampning yuragi “14 yoshga yoshroq” — shifokorlar xulosasi | Zamon.uz