Jahon

Yaponiyada smartfonlardan foydalanishga vaqt cheklovi joriy qilindi

Tashabbus shahar meri Masafumi Kouki tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u yuzma-yuz muloqotni faollashtirishni maqsad qilgan.

Yaponiyada smartfonlardan foydalanishga vaqt cheklovi joriy qilindi

Yaponiyaning Ayi viloyatiga qarashli Toyoake shahri aholining yuzma-yuz muloqotini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida raqamli qurilmalardan foydalanish vaqtini cheklovchi tavsiyani qabul qildi. Bu haqda Time portali xabar bermoqda.

 

Mahalliy kengash tomonidan qabul qilingan hujjatga ko‘ra, aholi ish yoki o‘qishdan tashqari vaqtda smartfon, planshet va noutbuklardan kuniga ikki soatdan ortiq foydalanmaslikka chaqirilmoqda. Tavsiya majburiy emas va jarima yoki huquqiy sanksiyalarni nazarda tutmaydi — u o‘zini o‘zi nazorat qilish va sog‘lom hayot tarzini rag‘batlantirishga qaratilgan.

 

Tashabbus shahar meri Masafumi Kouki tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u raqamli ekranlarning insonlararo aloqa va uyqu sifatiga salbiy ta’siri ortayotganini ta’kidlagan. Merning so‘zlariga ko‘ra, “hatto poyezdda yoki jamoat joylarida ham odamlar bir-biri bilan emas, telefonlari bilan ‘suhbatlashmoqda’”.

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, uxlashdan oldin ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tirish melatonin ishlab chiqarilishini kamaytiradi, bu esa uyquning sifatiga, ish unumdorligiga va ruhiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kengash ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik bilan bog‘liq tashvish va izolyatsiya holatlarini kamaytirishni ham maqsad qilgan.

 

Tavsiya boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun soat 21:00 dan, o‘rta va yuqori sinflar uchun esa soat 22:00 dan keyin telefonlardan foydalanmaslikni tavsiya etadi. Qaror 12 ovoz bilan yoqlab, 7 ovoz bilan qarshi qabul qilingan.

 

Aholi bu tashabbusni turlicha qabul qildi: ayrimlar uni sog‘lom muloqot va uyqu uchun foydali deb bilsa, boshqalar bu cheklovni “ortiqcha va amaliy emas” deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, mer Kouki tavsiya mavzuni muhokama maydoniga olib chiqgani o‘ziyoq ijobiy o‘zgarishning boshlanishi ekanini ta’kidlagan.

 

Mutaxassislar bu tashabbusni ta’limiy dasturlar, psixologik qo‘llab-quvvatlash va oilaviy muloqotni mustahkamlash bilan uyg‘unlashtirishni taklif etmoqda. Toyoake shahri hozircha bu qaror qanday natija berishini kuzatmoqda — u raqamli hayot va real muloqot o‘rtasida muvozanat topishga urinish sifatida baholanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiyada smartfonlardan foydalanishga vaqt cheklovi joriy qilindi | Zamon.uz