O'zbekiston

Qashqadaryoda 1533 nafar fuqarolarning uy-joyiga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman eʼtirof etildi

Viloyatda yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 1097 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Qashqadaryoda 1533 nafar fuqarolarning uy-joyiga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman eʼtirof etildi

Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan 9 oy davri mobaynida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 2326 ta holatda 370 gektardan ziyod yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

 

Viloyatda yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1091 tasi 279 gektaridagi holatlar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 1097 ta da’vo arizalari kiritilgan.

 

Shuningdek, viloyatda kadastr xizmatlarini ko’rsatish borasida ham amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan.  O‘tgan 9 oy davomida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallariga kelib tushgan murojaatlar asosida 36 640 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim etildi.

 

Natijada ularning huquqlari qonuniy mustahkamlandi. Bu degani – minglab oilalar endi mulkini sotish, ro‘yxatdan o‘tish, meros va hadya bilan bog’liq  qarorlarni hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshira oladi.

 

Bundan tashqari  3 165 ta (466,6 gektar) bo‘sh yer uchastkalari aniqlangan. Bo'sh yer uchastkalari "YERELEKTRON" tizimiga kiritilgan va tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosalar berilgan 283 gektardan ziyod yer uchastkalari mulk va ijara huquqi asosida auksion savdolariga chiqarildi.

 

O’tgan davr ichida 50 990 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonlarga 200 nafarga yaqin kadastr xodimlari safarbar qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar 60 mingdan ziyod ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazildi.

 

Olib borilgan xatlov ishlari natijasida Xalq deputatlari viloyat Kengashining  sessiyalarida 1533 nafar fuqarolarning uy-joyiga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman e’tirof etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda 1533 nafar fuqarolarning uy-joyiga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman eʼtirof etildi | Zamon.uz