O'zbekiston

“Rustam Ahmedov xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”

Shavkat Mirziyoyev general-polkovnik Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Rustam Ahmedov xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining taniqli namoyandasi, mamlakatimizning birinchi mudofaa vaziri, isteʼfodagi general-polkovnik Rustam O‘rmonovich Ahmedov shu yil 12 oktyabr kuni 82 yoshida vafot etdi.

 

R.Ahmedov 1943 yil 10 noyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng dastlab Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtida, keyin Moskva shahridagi Zirhli tank qo‘shinlari harbiy akademiyasida taʼlim oldi.

 

Butun hayotini harbiy sohaga bag‘ishlagan R.Ahmedov tank polkida vzvod komandiri, tank diviziyasi siyosiy bo‘limi boshlig‘ining yordamchisi, tank diviziyasi batalyoni komandirining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti kursantlar batalyoni komandirining o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilib, shaxsiy tarkibni boshqarish, uning harbiy, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini oshirish borasida yetarli bilim va tajriba orttirdi.

 

Toshkent oliy tank qo‘mondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik va Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan yillarida uning tashkilotchilik qobiliyati yaqqol namoyon  bo‘ldi.

 

Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘ng R.Ahmedov O‘zbekiston Respublikasining mudofaa vaziri, ayni vaqtda birmuncha muddat Milliy gvardiya qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi sifatida faol ish olib borib, milliy armiyamizni shakllantirish, davlatimiz mudofaa tizimini barpo etish, harbiy kadrlarni tayyorlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi. Mudofaa vazirligining Bosh shtabi qayta tashkil etilib, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabiga aylantirildi, harbiy okruglar tuzildi, harbiy qismlarning joylashuv va boshqaruv tizimi takomillashtirildi. Mudofaa vazirligining boshqa kuch tuzilmalari bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

 

R.Ahmedov 1997–1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham samarali faoliyat olib bordi.

 

“Faxriy general, ulug‘ yoshda bo‘lishiga qaramasdan, Yangi O‘zbekistonda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish, harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini oshirish borasidagi ulkan islohotlarni amalga oshirishda mudofaa vazirining maslahatchisi sifatida o‘zining boy bilim va tajribasi bilan faol ishtirok etdi.  Qaysi lavozimda xizmat qilmasin, harbiy qasamyodiga sodiq qolib, o‘z zimmasidagi vazifalarni masʼuliyat va sharaf bilan bajardi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna ko‘rsatdi.

 

R.Ahmedovning harbiy sohadagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U O‘zbekiston Respublikasining II darajali “Shon-sharaf” va “Do‘stlik ordenlari bilan mukofotlandi.

 

Taniqli harbiy qo‘mondon, samimiy va kamtarin inson Rustam Ahmedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, V. Maxmudov, Sh. Xalmuxamedov nomidan bildirilgan hamdardlikda.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"