O'zbekiston

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” qachon ochilishi aytildi

Bu bo‘yicha metropoliten matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” qachon ochilishi aytildi

Toshkent metrosining taʼmirlash uchun yopilgan “Yerusti halqa yo‘li” ochilishi 1-noyabrga qoldirildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

 

Rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bu vaqt davomida yo‘l holatlari to‘g‘rilandi, nosoz shpallar almashtirildi, drenaj tizimi holati o‘rganildi, shag‘allar tekshiruvdan o‘tkazildi.

 

Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangach, yo‘nalish 2025 yil 18 oktyabrdan boshlab odatdagi tartibda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlashi maʼlum qilingandi. Biroq sinov jarayonlarini yana-da takomillashtirish hamda kelgusida poyezdlar harakatini oldingiga nisbatan ikki barobar tezlashtirish, shuningdek oraliq vaqt intervallarini maksimal darajada qisqartirish maqsadida 1 noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” qachon ochilishi aytildi | Zamon.uz