Jahon

Italiyada “soxta ko‘r” 50 yildan beri davlatni aldagani fosh etildi

70 yoshli erkak 1972-yildan beri o‘zini ko‘r deb ko‘rsatib, million yevrodan ortiq nafaqa olgan.

Italiyada “soxta ko‘r” 50 yildan beri davlatni aldagani fosh etildi

Italiyaning Vichensa shahrida yashovchi 70 yoshli erkak 50 yildan ortiq vaqt davomida o‘zini ko‘r deb ko‘rsatib, noqonuniy tarzda davlatdan nogironlik nafaqasi olib kelgani aniqlandi. Bu haqda ANSA agentligi xabar berdi.

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi 1972-yildan beri “ko‘rlar ro‘yxati”da turib, shu davr mobaynida pensiya va ijtimoiy to‘lovlar orqali bir million yevrodan ortiq mablag‘ olgan.

 

Erkak Moliyaviy gvardiya tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida fosh etildi. Kuzatuv jarayonida u o‘zini mustaqil tutgani, bozorlarda xarid qilayotgani, mahsulotlarni tanlab olayotgani va naqd pul bilan hisob-kitob qilayotgani qayd etilgan.

 

Huquq-tartibot idoralari uni yaqinda bog‘da o'tkir asboblar bilan ishlayotgan paytda qo‘lga olgan. Tergov organlari ma’lumotiga ko‘ra, erkakning xatti-harakatlari “to‘liq ko‘rlik” bilan mutlaqo mos kelmaydi.

 

Unga nisbatan yirik miqdordagi moliyaviy firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Italiyada “soxta ko‘r” 50 yildan beri davlatni aldagani fosh etildi | Zamon.uz