O'zbekiston

Toshkentda profilaktika inspektorining yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi

Shuningdek Toshkent viloyatida ham 25 yoshli erkak va uning jinoiy sherigi 971 gramm “Katinon” bilan qo‘lga tushdi.

Toshkentda profilaktika inspektorining yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish doirasida Toshkent shahrida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

 

Oldindan kuzatuvga olingan, Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektorining xizmat xonadoni ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, inspektor ushbu xonadonda narko-laboratoriya tashkil etgani aniqlanib, o‘rami bilan jami 10 kg 500 gr “Alfa-PVP” va 4 gr “Spays” sintetik narkotigi hamda giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan 588 gr suyuqlik, asbob-uskunalar, elektron tarozi borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, profilaktika inspektorining Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi doimiy yashash xonadoni tekshirilganda, yerga ko‘mib yashirib qo‘yilgan taxminiy og‘irligi 430 gr bo‘lgan “Alfa-PVP” narkotik moddasi borligi aniqlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, ichki ishlar xodimi “Telegram” messenjeri orqali sintetik giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi profil egasi topshirig‘i asosida narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga olib kelingan moddalarni qabul qilib olib, yashirin laboratoriya sharoitida ajal og‘usini tayyorlab, tarqatish bilan shug‘ullangan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa narkotik moddalarni “zakladka” tarzida tarqatib, sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan Angren shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining 2001 yilda tug‘ilgan jinoyiy sherigidan 971 gr “Katinon” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ushbu 25 yoshli shaxs qabul qilib olgan ajal og‘usini kelgusida kichik bo‘laklarga taqsimlagan holda sotib, mo‘may daromad topishni rejalashtirgan.

 

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ta’kidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq, har ikki holat bo‘yicha ham gumondorlarga nisbatan 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda profilaktika inspektorining yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi | Zamon.uz