O'zbekiston

“Birlik – 2025”: O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulot boshlandi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon harbiylari “Birlik – 2025” mashg‘ulotida hamkorlikda jangovar tayyorgarlikni oshirmoqda.

“Birlik – 2025”: O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulot boshlandi

Markaziy harbiy okrug “Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Ozarboyjon mudofaa vazirliklarining bo‘linmalari ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotiga start berildi.

 

14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik doirasidagi eng katta o‘quvlaridan biri – “Birlik – 2025” Mintaqaviy birgalikdagi o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston so‘nggi yillarda xalqaro harbiy hamkorlik yo‘nalishida katta yutuqlarga erishib, ko‘plab davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnik yo‘nalishlarda – zamonaviy bilim va tajriba almashish, harbiy soha bo‘yicha sheriklikni tubdan kengaytirish, hamkorlikda harbiy o‘quvlarni o‘tkazish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida qator kelishuvlarga erishdi.

 

Ochilish marosimida ta’kidlanganidek, bir necha kunga mo‘ljallangan o‘quvning maqsadi – mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, harbiy hamkorlikni kuchaytirish, jahonda tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik va inqirozli holatlar, yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlar sharoitida zamonaviy chaqiriqlarga samarali qarshi turishda yaqin sherikchilik aloqalarini yanada kuchaytirishdir.

 

Xususan, “Birlik – 2025” Mintaqaviy birgalikdagi o‘quvida ishtirokchilar hozirgi zamon jangovar tajribadan kelib chiqqan holda jang olib borishning eng samarali uslub va usullarini qo‘llash, uzoq masofalardagi nishonlarni ishonchli yo‘q qila oladigan artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va boshqa qurollarning imkoniyatlaridan foydalanib, qo‘yilgan o‘quv-jangovar vazifani birgalikda bajaradi.

 

Shuningdek, o‘quv doirasida ishtirokchilar jang olib borish san’atining ilg‘or usul va uslublaridan foydalangan holda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi, turli musobaqalarda ishtirok etishi, boqiy Samarqand shahriga sayohat qilib, xalqimizning boy tarixiy-ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan. Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon Respublikasi mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazilishi ham shular jumlasidan.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Birlik – 2025”: O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulot boshlandi | Zamon.uz