O'zbekiston

JSST: Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi keskin ortib bormoqda

Bu antibakterial preparatlarning ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llanilayotgani bilan bog‘liq.

JSST: Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi keskin ortib bormoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan hisobotda antibiotiklar bakteriyalarga qarshi kurashda tobora samarasiz bo‘lib borayotgani maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, dunyo miqyosida infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi har yili o‘rtacha 5–15 foizga oshib boryapti. Bu antibakterial preparatlarning ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llanilayotgani bilan bog‘liq.

 

Masalan, E.coli (Escherichia coli) bakteriyalarining 40 foizi, Klebsiella pneumoniae bakteriyalarining esa 55 foizidan ortig‘i ayni paytda peshob yo‘llari, qon va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladigan antibiotiklarga chidamli.

 

Ayrim infeksiyalar esa hozirda mavjud barcha dori vositalariga faol qarshilik ko‘rsata oladi. Salmonella, oltin stafilokokk va E.coli bakteriyalari sababli yiliga millionlab odamlar hayotdan ko‘z yummoqda.

 

JSST vakili Silviya Bertanyolioning maʼlum qilishicha, 2021 yilda antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tufayli qariyb 8 million odam vafot etgan.

 

Shundan kelib chiqib, hisobotda yangi avlod antibiotiklarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish lozimligi aytilgan. O‘z navbatida, bunday vositalardan foydalanishni kamaytirish zarur. Bu orqali bakteriyalar chidamliligi oshishini sekinlashtirish mumkin.

 

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Sanjar Karimov qamoqda umrini o‘tkazish og‘ir ekanini taʼkidladi va suddan yana ota va o‘g‘il bo‘lish imkoniyatini so‘radi.

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

Oliy taʼlim vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

JSST: Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi keskin ortib bormoqda | Zamon.uz