O'zbekiston

Toshkentda Turkiy universitetlar ittifoqining 8-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Unda 7 ta oliygohni ittifoqqa qabul qilish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Toshkentda Turkiy universitetlar ittifoqining 8-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15-oktabr kuni Toshkent xalqaro universiteti (Tashkent International University) raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi "Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)"ning 8-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) va TURKSOY rahbariyati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Turkiy Akademiya hamda TÜRKÜNİBga a’zo oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Assambleyada Azerbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Shimoliy Kipr va O‘zbekistondan jami 69 ta universitet vakillari qatnashdi. Tadbirda ittifoqqa yangi universitetlarni qabul qilish, “Orhun” almashinuv dasturini takomillashtirish, doimiy kotibiyat va maxsus dastur jamg‘armasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusi ham kun tartibiga kiritildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov o‘z nutqida yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbekiston hukumati nomidan samimiy tabriklab, ushbu assambleya Turkiy dunyo oliy ta’limi va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

“Turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yosh avlodni zamonaviy bilim va innovatsion tafakkur ruhida tarbiyalash — bizning umumiy maqsadimizdir”, — dedi vazir.

 

U, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonning 11 ta oliygohi TÜRKÜNİB a’zosi ekanini, yana 7 ta oliygohni ittifoqqa qabul qilish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

 

O‘zbekiston va Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Vengriya o‘rtasidagi oliy ta’lim hamkorligi, qo‘shma forumlar va yangi ta’lim loyihalari muvaffaqiyatli davom etayotgani qayd etildi.

 

Assambleya yakunida Tashkent International University hududida O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi va U2U (University to University) formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Mazkur Assambleya Turkiy davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va ilm-fan sohasida yangi istiqbolli loyihalarni boshlab berish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Turkiy universitetlar ittifoqining 8-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz