O'zbekiston

Xabib Nurmagomedov Otabek Umarov bilan “Jar” sport majmuasiga bordi

U sportchilarni professional tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berdi va Oʻzbekistonda sport salohiyati yuqori ekanini alohida taʼkidladi.

Xabib Nurmagomedov Otabek Umarov bilan “Jar” sport majmuasiga bordi

Kuni kecha Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq, Aralash jang sanʼati yulduzi, UFCning mutlaq (sobiq) chempionlaridan biri jahonga mashhur Xabib Nurmagomedov Toshkentga Aralash jang sanʼati faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgandi.

 

Tashrif doirasida faxriy mehmon uyushmaning rasmiy manzilgohi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Jar” sport majmuasida tashkil etilgan markaziy idora faoliyati bilan tanishdi.

 

Majmuada taniqli sport arbobini Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi raisi Aziz Tashpulatov, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi rahbariyati, Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylari hamda sportchilar kutib oldilar.

 

Tadbir jarayonida mehmonlar yurtimizdagi aralash jang sanʼati faoliyati, “Jar” sport majmuasida sportchilarning tayyorgarlik jarayoni va yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishtirilib, mamlakatda mazkur sport sohasini yanada rivojlantirish va aralash jang sanʼatini ommalashtirish hamda xalqaro tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Xabib Nurmagomedov oʻz tajribasidan kelib chiqib, sportchilarni professional tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berdi va Oʻzbekistonda sport salohiyati yuqori ekanini alohida taʼkidladi.

 

“Hozirgi kunda Oʻzbekiston boks sportida dunyoda yetakchilik qilib, eng koʻp oltin medallarni qoʻlga kiritayotgan davlat sifatida timsollanib kelmoqda. Ishonamanki, agar oʻzbekistonlik yoshlarga boshqa sport turlarida, xususan aralash jang sanʼatida sharoit yaratilib, toʻgʻri yoʻnalish berilsa, yaqin kelajakda dunyo sahnasida kuchli sportchilar orasida yetakchilik qilishadi“, — dedi Nurmugamedov uchrashuv chogʻida.

 

Uchrashuvda aralash jang sanʼati boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etish, xalqaro musobaqalar oʻtkazish hamda soha yoʻnalishida murabbiy va hakamlar malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish kabi tashabbuslar rejalashtirildi.

 

Shuningdek, Xabib Nurmagomedov yosh sportchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ularga motivatsion, tashabbusga undovchi nutq soʻzlab, shaxsiy tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xabib Nurmagomedov Otabek Umarov bilan “Jar” sport majmuasiga bordi | Zamon.uz