O'zbekiston

2028-yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressi bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev yangi iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlashga qaratilgan kosmik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2028-yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressi bo‘lib o‘tadi

16-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash va tarmoqlarda ushbu texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Aytib o‘tildiki, mamlakatimizda geologiya, yer resurslari va ekologiya sohalarida davlat kosmik monitoringi tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda. Yil boshidan buyon 2 mingdan ortiq noqonuniy kon ishlatish holatlari sun’iy yo‘ldoshlar orqali aniqlangan.

 

Shuningdek, Prezident noqonuniy qurilishlarni aniqlash, bo‘sh turgan yerlarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish hamda kosmik tahlillarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda axborot platformalarini integratsiyalash va tezkor nazorat tizimini yaratish topshirig‘i berildi.

 

Kosmik texnologiyalar yordamida o‘rganilgan oltita hududda 300 gektarga yaqin bo‘sh yerlar aniqlandi. Kelgusi yilda barcha tuman markazlarida bu boradagi ishlarni yakunlash belgilandi.

 

Taqdimotda, shuningdek, sun’iy intellekt orqali kosmik ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘rmon holatini kuzatish, metan sizib chiqishini aniqlash, quyosh panellari va infratuzilma samaradorligini baholash kabi innovatsion yo‘nalishlar muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari 2028-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro astronavtika kongressiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.