O'zbekiston

O‘zbekistonda haydovchilar uchun yagona elektron guvohnoma joriy etildi

Endilikda avtomaktab bitiruvchilariga raqamlashtirilgan sertifikatlar taqdim etiladi.

O‘zbekistonda haydovchilar uchun yagona elektron guvohnoma joriy etildi

2025-yil 15-oktyabrda Vazirlar Mahkamasining 642-sonli qarori bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.

 

Qarorga ko‘ra, o‘quv tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va imtihonlardan o‘tgan nomzodlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi. Ushbu hujjat "e-avtotalim.uz" axborot tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi va haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon o‘tkazuvchi tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida taqdim etiladi. Elektron guvohnoma olish uchun hech qanday yig‘im olinmaydi.

 

Shuningdek, avtomaktab bitiruvchilari o‘qishni tamomlaganlik va davlat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tganliklarini tasdiqlovchi elektron sertifikatga ega bo‘ladi. Qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan shaxslar ham ushbu hujjatni oladi.

 

Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elektron guvohnomalar orqali davlat imtihonlarini o‘tkazuvchi muassasalar real vaqt rejimida tekshiruv o‘tkazishi mumkin, bu esa qog‘oz sertifikatlarga bo‘lgan ehtiyojni yo‘q qiladi va imtihonlarga tayyorlanmagan shaxslarning kirishining oldini oladi.

 

Yangi tizim haydovchilik ta’limini samaraliroq, shaffof va raqamlashtirilgan shaklda tashkil etish imkonini beradi.

 

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"