O'zbekiston

O‘zbekistonda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ilk “Halol” markazi ochildi

Yangi tashkilot Turkiyaning “Halal Accreditation Agency” agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan.

O‘zbekistonda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ilk “Halol” markazi ochildi

O‘zbekistonda ilk bor xalqaro “Halol” akkreditatsiyasiga ega sertifikatlash organi ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yangi tashkilot markaz huzurida tuzilgan bo‘lib, Turkiyaning Halal Accreditation Agency (HAK) tomonidan xalqaro talablarga javob beruvchi organ sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan. Mazkur yutuq O‘zbekiston korxonalari uchun xalqaro “halol” standartlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqish va eksportni kengaytirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, endilikda mahalliy ishlab chiqaruvchilar xorijiy, ayniqsa, Islom mamlakatlari bozorlariga chiqishda xalqaro miqyosda tan olingan “halol” sertifikatini olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan ishonchni oshiradi va eksport hajmini ko‘paytiradi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, global “halol” oziq-ovqat bozori hajmi 2 trillion AQSh dollaridan ortiqni, “halol” turizm sektori esa 400 milliard dollarni tashkil etmoqda. Shu bois, O‘zbekistonning ushbu tizimda ishtiroki mamlakat iqtisodiyotining yangi eksport yo‘nalishlarini ochib berishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ilk “Halol” markazi ochildi | Zamon.uz