O'zbekiston

Rossiyada yollanma sifatida xizmat qilgan jizzaxlik erkak 3 yilga qamaldi

U Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ikki marta shartnoma imzolagan va Luganskda xizmat qilgan.

Rossiyada yollanma sifatida xizmat qilgan jizzaxlik erkak 3 yilga qamaldi

Jizzax viloyat sudi Baxmal tumanida yashovchi 49 yoshli fuqaro ustidan jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni yollanmalik va hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, mazkur shaxs 2023-yilda Rossiyaga mehnat faoliyati bilan band bo‘lish maqsadida safar qilgan. Ish topishda qiyinchiliklarga duch kelganidan so‘ng u Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, Tolyatti shahridagi 21208-sonli harbiy qismda xizmatni boshlagan.

 

U uch oy davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, transport boshqaruvi va boshqa amaliy mashg‘ulotlarda qatnashgan. Keyinchalik Lugansk viloyatining Myrne qishlog‘iga yuborilgan bo‘lib, u yerda harbiy ta’minot xizmatida yoqilg‘i, oziq-ovqat va kiyim-kechak tashish bilan shug‘ullangan.

 

Fuqaro o‘z ko‘rsatmalarida xizmatni bajarganini tasdiqlagan, biroq jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etmaganini bildirgan. 2024-yil may oyida u Rossiya fuqaroligini olgan va Kaluga viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilgan. 2025-yil fevralida u yana shartnoma imzolab, Sevastopolga dron kuzatuvchisi sifatida yuborilgan.

 

Harbiy gospitalda davolangach, u O‘zbekistonga qaytgan, ammo Samarqandga yetib kelganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

 

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z qilmishiga iqror bo‘lib, moddiy va oilaviy ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli harbiy xizmatga borganini ta’kidladi.

 

Jizzax viloyati sudi uni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (“Yollanish”) va 228-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Hujjatlarni qalbakilashtirish”) bilan aybdor deb topib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, uning xizmat davrida olgan Rossiya pasportlari, harbiy guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi hamda medallari jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil sifatida saqlanib qoladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Rossiyada yollanma sifatida xizmat qilgan jizzaxlik erkak 3 yilga qamaldi | Zamon.uz