O'zbekiston

“U-HOPE” dasturi doirasidagi navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Yamagata universiteti bilan hamkorlikda qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida o‘qitishga qaratilgan xalqaro darajadagi taʼlim dasturi amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda “U-HOPE” dasturi doirasidagi 3 kunlik navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

“U-HOPE” dasturi doirasidagi navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yamagata universiteti bilan hamkorlikda qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida o‘qitishga qaratilgan xalqaro darajadagi taʼlim dasturi amalga oshirmoqda. Shu kunlarda “U-HOPE” dasturi doirasidagi 3 kunlik navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlashga qaratilgan to‘rt bosqichli dasturning bu galgi o‘quvlariga “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 30 nafar xodimi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 50 nafar yosh tadbirkor jalb qilindi.

 

 

Taʼkilash lozimki, Loyiha doirasidagi taʼlim jarayoni Yaponiyaning 12 nafar yetakchi ekspertlari tomonidan olib boriladi. Xususan, Yamagata universiteti Tadbirkorlik taʼlimi va tadqiqot markazi direktori, professor Tadashi Onodera ham bevosita mashg‘ulotlar olib bormoqda.

 

 

Ushbu loyiha o‘z ichiga 60 soatlik taʼlim: maʼruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy ish va onlayn darslarni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy yo‘nalishlar: tadbirkorlik tafakkuri, ijtimoiy innovatsiyalar, biznes-modellar ishlab chiqish, hududiy muammolarni yechishdan iborat.

 

 

Yana bir ahamiyatli tomoni, tinglovchilar yapon ekspertlari bilan ekologiya, raqamli transformatsiya (DX), sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha keys-stadilar ustida birga ishlash imkoniga egalar. Olingan bilimlar esa, Qoraqalpog‘istondagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan aniq biznes-loyiha ishlab chiqish asosida amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanadi.

 

Taʼlim dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

• Kaizen (kaydzen) — doimiy takomillashuv falsafasi.

• Lean Management (berejlivoye upravleniye) — resurslarni tejash va samarali ishlash usuli.

• Ikigai (ikigay) — shaxsiy va kasbiy maqsadni topish, hayotiy muvozanat.

• Kanban (kanban) — zamonaviy loyihalarni boshqarish tizimi.

• Yapon kompaniyalari tajribasi (Case study) — kichik biznes orqali ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechish namunasi.

• Ijtimoiy tadbirkorlik va “kollektiv taʼsir” — daromad bilan birga ijtimoiy muammolarni ham hal qilish.

• Digital Transformation (DX) — kichik biznesni raqamli texnologiyalar bilan rivojlantirish.

• Green Business & Sustainable Agriculture — ekologik biznes-modellar va organik qishloq xo‘jaligi.

 

Eng asosiysi, uch kunlik mashg‘ulotlar orqali O‘zbekistonda birinchi milliy mentorlar tarmog‘ini shakllantirish, yoshlar startaplari va hududiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni biznes orqali hal etishga Yapon tajribasini joriy qilish hamda kelgusida tashkil etiladigan O‘zbekiston-Yaponiya Oliy biznes maktabi uchun asos yaratishga erishish maqsad qilingan.

 

 

Bir so‘z bilan aytganda, Qoraqalpog‘istondagi xalqaro mentorlar taʼlimi – bu yangi avlod yetakchilarini tayyorlash sari muhim qadam bo‘lib, ular nafaqat biznes qiladilar, balki innovatsiyalar orqali ijtimoiy muammolarni hal etadilar.

 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan dasturning yakuniy taqdimoti 2026 yil fevralida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“U-HOPE” dasturi doirasidagi navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi | Zamon.uz