O'zbekiston

Toshkentda “Qozog‘iston tibbiyoti kunlari” va ikki davlat tibbiyot yoshlari haftaligi o‘tkazildi

Tadbirda Qozog‘istonning yetakchi tibbiyot universitetlari rektorlari ishtirok etib, TDTU talabalari bilan ochiq muloqot qildilar.

Toshkentda “Qozog‘iston tibbiyoti kunlari” va ikki davlat tibbiyot yoshlari haftaligi o‘tkazildi

2025 yilning 15–17 oktyabr kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Qozog‘iston tibbiyoti kunlari” hamda “O‘zbekiston–Qozog‘iston tibbiyot yoshlarining do‘stlik haftaligi” tadbirlari o‘tkazildi

 

Xalqaro forumda TDTU talabalari Qozog‘istonning yetakchi tibbiyot oliygohlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti rektori Marat Shoranov, Qarag‘anda tibbiyot universiteti rektori Baxit Kosherova, Semey tibbiyot universiteti rektori Altay Dyusupov, Gʻarbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti prorektori Nurgul Abenova ishtirok etdilar.

 

Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida jarrohlik va stomatologiya bo‘yicha olimpiadalar, sport tadbirlari, fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslari va davra suhbatlari o‘tkazildi. Rektorlar “Ta’limda yetakchilik”, “Ayollar ilmida innovatsiyalar”, “Tibbiyot kelajagi bizda” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qib, yoshlarga ilhom bag‘ishladilar.

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston tibbiyot yoshlarining do‘stlik tadbirlari doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetida "Xirurgiya" va "Stomatologiya" fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, spartakiada musobaqalari, tibbiyot universitetlari rektorlarining ma’ruzalari va talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlari, ilmiy forum va loyihalar ko‘rgazmasi, Rektor Shuhrat Boymurodov ishtirokida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “Qozog‘iston tibbiyoti kunlari” va ikki davlat tibbiyot yoshlari haftaligi o‘tkazildi | Zamon.uz