O'zbekiston

Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Bu tirbandlikning oldini olish maqsadida qilinmoqda.

Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha yangilangan rejalarini taqdim etdi.

 

Unga ko‘ra, 10 ta ko‘chada BRT tizimi barpo etiladi, ularning uzunligi qariyb 51 kilometrni (eski taqdimotda 57,5 km edi) tashkil etadi. Kuni kecha xomaki taqdimotda ko‘rsatilgan KHAY—Parkent ko‘chalari o‘rniga Alisher Navoiy— Beruniy ko‘chalari qo‘shilgan.

 

Prezidentga taqdim etilgan oxirgi loyihaga ko‘ra, Shota Rustaveli (5,1 km), Shahrisabz (3,2 km), Amir Temur (5,7 km), Yangi Sergeli (5,3 km), Maxtumquli (1,3 km), Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzirobod (10,4 km), Lutfiy va Muqimiy (5,9 km), Nuravshon (3,7 km), Qoratosh – Ko‘kcha darvoza (4 km) hamda Alisher Navoiy – Beruniy (6 km) ko‘chalarida BRT barpo etiladi.

 

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 126 mln dollar sarflash ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar tirbandlikning oldini olish maqsadida ko‘chiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi | Zamon.uz