O'zbekiston

Buxoroda Qirg‘iziston fuqarosi va uning sherigi 50 kg giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan ushbu modda O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Buxoroda Qirg‘iziston fuqarosi va uning sherigi 50 kg giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

Afg‘onistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Toshkent–Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosining yonida 4 kg 897 gr “gashish” moddasining borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi ushbu ajal og‘usini Buxoro tumanidagi dala maydonidagi maxfiy joydan olganligi aniqlanib, mazkur hudud ko‘zdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr “gashish” moddasining borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ilgari uchinchi shaxslar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda Qirg‘iziston fuqarosi va uning sherigi 50 kg giyohvand modda bilan qo‘lga olindi | Zamon.uz