O'zbekiston

Nukusda yuk mashinasi Cobalt bilan to‘qnashib ketdi

Fura yuk mashinasini bir necha metrga surib ketgan.

Nukusda yuk mashinasi Cobalt bilan to‘qnashib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yuk mashinasi Cobalt rusumli avtomobilni bir necha metrga surib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Hodisa joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 14:20 lar atrofida Nukus shahri hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 3-4-kilometri oralig‘ida yuz bergan. 1960 yilda tug‘ilgan Turkiya Respublikasi fuqarosi D.M. Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, 1993 yil Nukus shahrida tug‘ilgan R.E. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

 

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan. Ushbu holat bo‘yicha Nukus shahri IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Nukusda yuk mashinasi Cobalt bilan to‘qnashib ketdi | Zamon.uz