O'zbekiston

“Ona tilini har qanday tajovuzdan himoyalash prokuratura xodimlarining kundalik ishining bir qismiga aylanishi kerak”

Bosh prokuraturada Til bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Ona tilini har qanday tajovuzdan himoyalash prokuratura xodimlarining kundalik ishining bir qismiga aylanishi kerak”

Bugun, 18 oktyabr kuni Bosh prokuraturada “Til yashasa, millat yashaydi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan ushbu tantanali tadbirda prokuratura organlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

 

Shuningdek, mazkur tadbirda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodirjon Xolbo‘tayev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘ja, O‘zbekiston xalq yozuvchilari Iqbol Mirzo va Mahmud Toir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Lola Eltoyeva, Behzod Muhammadkarimov, Zuxra Ashurova, parlament aʼzolari va boshqa taniqli madaniyat, sanʼat va adabiyot namoyondalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashishdi.

 

Bayram tadbirini Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan barchani muborakbod etdi hamda yurtimizda o‘zbek tiliga berilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Jumladan, muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida chinakam yangi davr boshlanganligi, ona tilimizning jamiyatning barcha sohalarida faol qo‘llanilishiga erishish, yosh avlodni tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlab o‘tildi.

 

 

 

Ayniqsa, taraqqiyotimizning yangi bosqichida ona tilimizning rivojiga xizmat qiluvchi ulkan qadamlar tashlanganligi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini tubdan oshirishga qaratilgan aniq va manzilli chora-tadbirlar ko‘rilganligi, ayniqsa, 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilanganligi tarixiy voqelik bo‘lganligiga alohida urg‘u berildi.

 

 

 

Shu bilan birga, Bosh prokuror davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini so‘zsiz taʼminlashda prokuratura organlari xodimlarining masʼuliyatini yana-da oshirish, avvalo, tizimning o‘zida davlat tiliga yuksak eʼtibor va hurmat ruhini shakllantirish masalalariga ham to‘xtalib, bu borada prokuratura organlari oldingi saflarda bo‘lishi lozimligini eʼtiborga oldi.

 

Jumladan, prokurorlar imzolaydigan har qanday hujjat davlat tilining ustuvor qoidalariga to‘liq mos kelishi, har bir xodim davlat tilida yozma va og‘zaki tarzda o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish mahoratini egallashi, umuman, til haqidagi bilim va ko‘nikmalarni boyitib borish, ona tilimizni har qanday tajovuzdan, qonun buzilishidan himoyalash prokuratura xodimlarining kundalik ishining bir qismiga aylanishi shartligi xodimlarga qatʼiy uqtirildi.

 

 

Bu borada prokuratura organlarining har qanday tekshirishida, yaʼni qaysi qonun ijrosi tekshirilishidan qatʼi nazar, tekshirilayotgan idorada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ahvolini majburiy ravishda o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi alohida taʼkidlandi.

 

Shuningdek, tadbirda bayram munosabati bilan prokuratura xodimlari o‘rtasida tahliliy ish, savodxonlik va sheʼriyat yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlov g‘olib va sovrindorlari diplom va sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

Tadbirda so‘z olgan taniqli sanʼatkor, olim, yozuvchi va shoirlar ham davlat tilining o‘rni va ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda bayram munosabati bilan barchani tabriklab, tegishli tavsiya va takliflari bilan o‘rtoqlashishdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Ona tilini har qanday tajovuzdan himoyalash prokuratura xodimlarining kundalik ishining bir qismiga aylanishi kerak” | Zamon.uz