O'zbekiston

Samarqandda 7 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash aybdorlari qamaldi

Shuningdek, zarar ko‘rgan fuqarolarga 6 mlrd so‘m undiriladigan bo‘ldi.

Samarqandda 7 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash aybdorlari qamaldi

Joriy yilning may oyida Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi uyda portlash yuz berib, oqibatda 7 kishi halok bo‘lgandi. Mazkur voqea yuzasidan olib borilgan tergov ishlari yakunlanib, jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi eʼlon qilindi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, portlashga sabab bo‘lgan gaz tarmog‘i loyiha va texnik shartlarsiz, xavfsizlik talablariga zid tarzda yotqizilgan. Xonadon egalari portlashdan avval 11 marotaba tegishli tashkilotga murojaat qilgan, biroq bu murojaatlar eʼtiborsiz qoldirilgan.

 

“Samarqand hudud gaz taʼminoti” korxonasi xodimlarining loqaydligi oqibatida tabiiy gaz markaziy oqova qudug‘iga sizib, chaqnash sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida bir oilaning yetti aʼzosi halok bo‘lgan, bir necha uy zarar ko‘rgan.

Sud majlisida korxonaning to‘rt nafar masʼul xodimi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a”, «B» bandlari bo‘yicha aybli deb topilgan va har biri 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Endi Samarqand gaz taʼminoti korxonasidan qariyb 6 milliard so‘m portlash oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolar foydasiga undiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda 7 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash aybdorlari qamaldi | Zamon.uz