O'zbekiston

Toshkentda talaba balkondan tushib ketmoqchi bo‘lgan go‘dakni qutqarib qoldi

“Hech qanday himoya vositalarisiz pastga tushishga to‘g‘ri kelib qoldi. Uchta farzandlari bor ekan, uchalasini ham olib, ichkariga kiritib qo‘ydik”, deydi talaba yigit.

Toshkentda talaba balkondan tushib ketmoqchi bo‘lgan go‘dakni qutqarib qoldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida balkondan tushib ketishi mumkin bo‘lgan go‘dakni yigitlardan biri qutqarib qolgani aks etgan video tarqalgandi.

 

Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, 4-qavatdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan bolakayni 5-qavatda yashovchi talaba yigit qutqarib qolgan.  

 

“Taxminan soat 11 larda edi. Birdan baqir-chaqir ovozlari eshitildi. Pastdagi qo‘shnimizning farzandlari balkondan tushib ketayotgan ekan. Hech qanday himoya vositalarisiz pastga tushishga to‘g‘ri kelib qoldi. Pastga tushib, bolani qutqarib qoldik. Uchta farzandlari bor ekan, uchalasini ham olib, ichkariga kiritib qo‘ydik”, deydi talaba yigit.

 

Voqeadan so‘ng holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan.

 

“Biz ham pastda mahalladagilar bilan xavfsizlik choralarini ko‘rib turgandik. Shu paytda 5-qavatda yashovchi fuqaromiz jonbozlik ko‘rsatib, 4-qavatga sakrab tushdi va bolaning jonini saqlab qoldi”, deydi profilaktika inspektori Nodir Oxunov.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda talaba balkondan tushib ketmoqchi bo‘lgan go‘dakni qutqarib qoldi | Zamon.uz