Jahon

Falastinliklar uchun G‘azoga qaytish yo‘li ochiladi

Rafah chegara punkti 2024-yil mayidan beri yopiq edi, endilikda falastinliklarga G‘azoga qaytish imkoniyati yaratiladi.

Falastinliklar uchun G‘azoga qaytish yo‘li ochiladi

Falastinning Misrdagi elchixonasi ma’lum qilishicha, 21-oktabr, dushanba kunidan boshlab Rafah chegara punkti qayta ochiladi. Ushbu qaror natijasida 2024-yil may oyidan beri yopiq bo‘lgan yo‘l orqali Misr hududida yashayotgan falastinliklar nihoyat o‘z yurtlariga — G‘azo sektoriga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoga hozirda har kuni o‘rtacha 560 tonna oziq-ovqat mahsulotlari kiritilmoqda. Biroq bu hajm aholining ehtiyojlarini to‘liq qoplamaydi — urush va blokada sabab oziq-ovqat hamda dori-darmon taqchilligi davom etmoqda.

 

Rafah punktining yopilishiga sabab bo‘lgan omil — Isroil kuchlarining chegara hududining G‘azo tomonini nazoratga olishi edi. Endilikda esa xalqaro kelishuvlar doirasida mazkur yo‘lakdan falastinliklar o‘z uylariga qaytishlari mumkin bo‘ladi.

 

BMTning so‘nggi hisobotida qayd etilishicha, oziq-ovqat tanqisligi oqibatida 400 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Isroil tomoni bu raqamlarni rad etsa-da, gumanitar yordamni yetkazishdagi cheklovlar hali ham saqlanib qolmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Falastinliklar uchun G‘azoga qaytish yo‘li ochiladi | Zamon.uz